Ovozlar qanday kiritiladi
Postingizga ovoz kiritish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Post kiritish + tugmasini bosing.
2. Yozib olish ekranining yuqori qismidagi Ovoz kiritish tugmasini bosing. Unda quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
༚ Ovozga razm solish uchun uning ustiga bosing.
༚ Tavsiya etilgan, Saralanganlar yoki Oxirgilar ruknidan ovoz tanlang.
༚ Ovozni qidirish uchun Qidiruv tugmasini bosing, keyin tanlovingizni tasdiqlash uchun Davom etish ✓ tugmasini bosing.
3. Ovozni saqlash uchun Saralanganlar tugmasini yoki ovoz parchasini sozlash uchun Tahrirlash tugmasini bosing.
4. Postingizga ovoz qoʻshish uchun videoning istalgan joyiga bosing.
Tahrirlash ekranida postingizga ovoz kiritishingiz ham mumkin.