Boʻlimga kirish
TikTokdagi pastki izohlar • Pastki izoh ta’minotchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish • Pastki izoh qanday kiritiladi • Pastki izoh qanday baholanadi • Pastki izoh haqida xabar berish
TikTokdagi pastki izohlar
Pastki izohlar TikTok hamjamiyatining muvofiq aʼzolariga TikTokdagi har qanday ochiq post uchun qoʻshimcha kontekst taqdim etishga ruxsat beradi, reklamalardan tashqari.Pastki izohlar kamroq konsensusga ega bo‘lgan yoki turli nuqtai nazarlar bilan yaxshiroq tushunilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga tafsilotlarni qo‘shish orqali hamjamiyatimiz bilimlariga tayanadi.
Pastki izohlar tasdiqlangan ta’minotchilar tomonidan yoziladi va baholanadi va Hamjamiyatimiz qoidalariga mos kelishi shart.Pastki izoh dasturi odatda turli xil fikrlarga ega bo‘lgan odamlar o‘rtasida keng kelishuv darajasini topadigan tizim bilan ishlaydi.Agar Pastki izohlar “foydali” chegaralari ichida bo‘lsa, ular qisqa shakldagi videolarda ko‘rsatiladi.
Pastk izohlar ta’minotchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish
TikTokda Pastki izohlarga hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, bizning veb-shaklimiz orqali ta’minotchiga aylanish uchun ariza berishingiz mumkin.Shuningdek, biz ilovada qanday roʻyxatdan oʻtish haqida ham xabar beramiz.
Pastki izoh ta’minotchisiga aylanish uchun talablar:
• AQShda joylashgan.
• Kamida 18 yoshga toʻlgan.
• TikTokdan kamida 6 oy foydalangan.
• Yaroqli e-pochta yoki AQSh telefon raqamiga ega boʻlgan.
• Avvalgi 6 oy davomida Hamjamiyat qoidalari buzilmagan.
Yodda tuting, ta’minotchilar maxfiyligini himoya qilish uchun anonim bo‘lib qolishadi, bu esa pastki izohni yozgan ta’minotchining shaxsi emas, balki uning mazmuniga qarab baholanishini ta’minlashga yordam beradi.
Pastki izoh qanday kiritiladi
Ta’minotchi sifatida ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, pastki izohlar bilan boshlashingiz mumkin.Pastki izohlar STEM bilan bog‘liq murakkab mavzuni muhokama qiluvchi video kabi qo‘shimcha kontekstdan foyda olishi mumkin bo‘lgan postlar uchun juda foydali bo‘lishi mumkin.
Ishonchli yangiliklar sayti kabi manba havolasini o‘z ichiga olgan aniq va qisqa pastki izohlar yozishni tavsiya qilamiz.TikTokdagi odamlarni xabardor qilish uchun pastki izohlar hurmat va betaraf qolishi kerak.
Pastki izoh kiritish uchun:
1. TikTok ilovasida pastki izoh qoʻshmoqchi bo‘lgan ochiq postga kiring.
2. Post ustiga bosib turing, so‘ngra Pastki izoh kiritish tugmasiga tegining.
3. Maʼlumotni kiriting, soʻngra pastdagi Yuborish tugmasiga tegining.
Pastki izoh kiritish haqida bilish zarur boʻlgan muhim narsalar:
• Pastki izohlar faqat ommaviy postlarga kiritilishi mumkin, lekin oldinroq maxfiylashtirilgan ommaviy postlarda koʻrinadigan boʻlib qoladi.
• Tekshirish uchun pastki izoh yuborganingizdan keyin u boshqa ta’minotchilar tomonidan baholanadi.Agar pastki izoh e’lon qilingan bo‘lsa, ijodkor o‘z postidan pastki izohni o‘chira olmaydi.
• Pastki izohlar TikTokdagi reklamalarga kiritilishi mumkin.
• Pastki izohlar kiritilgan postlar Ijodkorlar uchun mukofot dasturi uchun malakali hisoblanadi.
Pastki izoh qanday baholanadi
Reytinglar TikTokda eng foydali pastki izohlar ko‘rsatilishiga ishonch hosil qilishga yordam beradi.Kutilayotgan pastki izohlar e’lon qilinishidan oldin tekshirish uchun ta’minotchilar Pastki izohlar tasmasiga kirishlari mumkin.Pastki izohlar tasmasida kamida bitta kutilayotgan pastki izohga ega postlar ko‘rsatiladi.Pastki izoh e’lon qilingandan so‘ng, Siz uchun tasmasidan ta’minotchilar va TikTokdagi boshqa insonlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri baholanishi mumkin.
Pastki izohlar tasmasidan pastki izohni baholash uchun:
1. TikTok ilovasidagi qidirish panelida Pastki izohlarni kiriting.
2. Pastki izohlar tasmasiga kiritish uchun Boshlash tugmasiga tegining.
3. Quyi qismdagi Foydali yoki Foydasiz tugmasiga tegining.
4. Sababini tanlang, soʻngra Yuborish tugmasiga tegining.Siz mos keluvchi barcha sabalarni tanlashingiz mumkin.
Yodda tuting, Pastki izohlar tasmasidan faqat ruxsat berilgan ta’minotchilar kutilayotgan pastki izohlarni baholashi mumkin.
Siz uchun tasmasidan pastki izohni baholash uchun:
1. TikTok ilovasida baholamoqchi bo‘lgan pastki izohga ega postga kiring.
2. Quyi qismidagi pastki izohga tegining, soʻngra Foydali yoki Foydasiz tugmasiga tegining.
3. Sababini tanlang, soʻngra Yuborish tugmasiga tegining.Siz mos keluvchi barcha sabalarni tanlashingiz mumkin.
Pastki izoh haqida xabar berish
Siz Hamjamiyat qoidalarini buzadi deb hisoblaydigan pastki izoh haqida xabar berishingiz mumkin.
Pastki izohlar tasmasidan pastki izoh haqida xabar berish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Ko‘rib chiqish tugmasiga tegining.Agar bittadan ortiq kutilayotgan pastki izoh bo‘lsa, Barchasini ko‘rib chiqish tugmasiga tegining.
2. Boshqa parametrlar ...tugmasigategining, soʻngra Xabar berish tugmasiga tegining.
3. Sababini tanlang, soʻngra quyi qismdagi Yuborish tugmasiga tegining.
Yodda tuting, Pastki izohlar tasmasidan faqat ruxsat berilgan ta’minotchilar kutilayotgan pastki izohlar haqida xabar berishlari mumkin.
Siz uchun tasmasidan pastki izoh haqida xabar berish uchun:
1. TikTok ilovasida pastki izohga tegining.
2. Boshqa parametrlar ...tugmasigategining, soʻngra Xabar berish tugmasiga tegining.
3. Sababini tanlang, soʻngra quyi qismdagi Yuborish tugmasiga tegining.