Sevimli kitoblaringiz

Boʻlimga kirish


TikTokdagi kitob havolalari haqida  •  TikTokda kitob qanday saqlanadi  •  Saqlangan kitoblaringizni qanday topish mumkin  






TikTokdagi kitob havolalari haqida


Ijodkorlar oʻz TikTok postlarida kitoblarga havolalar kiritishi mumkin. Siz ushbu havolalardan kitob haqida batafsil axborot olish, oʻxshash kitoblar boʻyicha tavsiyalar olish, reyting yuborish va kitobni Saralanganlarga saqlash uchun foydalanishingiz mumkin.

Eslatma: Bu funksiyadan foydalanish uchun siz 18 yosh yoki undan katta boʻlishingiz kerak.






TikTokda kitob qanday saqlanadi


Biror kitobni Saralanganlarga kiritish uchun:
1. TikTok ilovasida kitobga havolani oʻz ichiga olgan postga kiring.
2. Ijodkor niki yuqorisidagi kitob havolasini bosing, keyin
Saralanganlarga kiritish bandini bosing. Agar bittadan ortiq havola mavjud boʻlsa, Boshqa havolalar tugmasini bosing, keyin siz saqlamoqchi boʻlgan kitob yonidagi Saralanganlarga kiritish tugmasini bosing.






Saqlangan kitoblaringizni qanday topish mumkin


Saqlangan kitoblaringizni topish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi 
Profil tugmasini bosing.
2.
Saralanganlar tugmasini bosing, keyin Kitoblar tugmasini bosing. Pastga varaqlashingiz kerak boʻlishi mumkin.


Foydali boʻldimi?