Boʻlimga sakrash
TikTokdagi film va TV shou havolalari haqida • Film yoki TV shou Saralanganlarga qanday kiritiladi • Saqlangan filmlar va TV shoularingizni qanday topish mumkin
TikTokdagi film va TV shou havolalari haqida
Ijodkorlar filmlar yoki TV shoulardan kontent joylaganida biz ularning postga havolalar kiritishimiz mumkin. Bu havolalardan film yoki TV shou haqida batafsil bilib olish, film yoki TV shouga ulangan TikTok postlarini koʻrish va film yoki TV shouni Saralanganlaringizga saqlash uchun foydalanishingiz mumkin.
Film yoki TV shou Saralanganlarga qanday kiritiladi
Film yoki TV shouni Saralanganlarga kiritish uchun:
1. TikTok ilovasida film yoki TV shouga havolani oʻz ichiga olgan postga kiring. Yoshingizga qarab sizga ayrim havolalar chiqmasligi mumkin.
2. Ijodkor niki yuqorisidagi film yoki TV shou havolasini bosing, keyin Saralanganlarga kiritish bandini bosing. Agar bittadan ortiq havola mavjud boʻlsa, Boshqa havolalar tugmasini bosing, keyin siz saqlamoqchi boʻlgan film yoki TV shou yonidagi Saralanganlarga kiritish tugmasini bosing.
Saqlangan filmlar va TV shoularingizni qanday topish mumkin
Saqlangan filmlar va TV shoularingizni topish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Saralanganlar tugmasini bosing, keyin Filmlar va TV bandini bosing. Pastga varaqlashingiz kerak boʻlishi mumkin.