Video tomoshasi uchun foydalanish imkoniyati

Boʻlimga kirish


Animatsiyali eskizlarQalin matn
Rang kontrasti Tungi rejimTasma navigatsiya tugmalariYorugʻlikka sezgirlikMatn oʻlchami




Animatsiyali eskizlar


Qulayliklar ehtiyojlaringiz yoki vizual xohishlaringizga qarab video eskizlari animatsiyali yoki statik boʻlishi mumkin.

Animatsiyali eskizlarni yoqish yoki faolsizlantirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Maxsus imkoniyat tugmasiga tegining.
4. Animatsiyali eskizlar bandini yoqing yoki faolsizlantiring.




Qalin matn


Agar qurilmangizning qalin matn sozlamasi yoqilgan boʻlsa, oʻqish imkoniyatini yaxshilash uchun TikTok ilovasidagi matn avtomatik tarzda qalin koʻrinadi.TikTok ilovasida qalin matnni boshqarish uchun qurilmangiz displey sozlamalariga kirishingiz va sozlamani yoqishingiz yoki oʻchirishingiz mumkin.


Qurilmangizning qalin matn sozlamasi haqida koʻproq maʼlumot olish uchun Apple Support yoki Android Maxsus imkoniyat yordami sahifalariga tashrif buyuring.




Rang kontrasti


Koʻrish ehtiyojlaringizga qarab TikTok ilovasidagi ranglar orasidagi kontrastni sozlashingiz mumkin.

Yodda tuting, bu sozlama qurilmangizdagi rang kontrasti sozlamasida farqli va faqat TikTok ilovasiga taʼsir qiladi.Vaholanki, agar qurilmangiz rang kontrasti sozlamasi yoqilgan boʻlsa, rang kontrasti TikTok ilovasida ham birlamchi tarzda oshiriladi.

Rang kontrastini boshqarish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Maxsus imkoniyat tugmasiga tegining.
4. Rang kontrastini oshirish sozlamasini yoqing yoki faolsizlantiring.




Tungi rejim


Qorongʻi fonda yorqin matnda yozilgan fikrlarni koʻrish uchun tungi rejimni yoqishingiz mumkin.Tungi rejim TikTokdagi videolarning koʻrinishiga taʼsir qilmaydi.

Tungi rejimni boshqarish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Displey tugmasiga tegining.
4. Tungi rejimni yoqish uchun Tungi tugmasini yoki faolsizlantirish uchun Kunduzgi tugmasini tanlang.TikTok displeyingizni qurilmangiz sozlamalariga avtomatik tarzda moslash uchun Qurilma sozlamalaridan foydalanish funksiyasini ham yoqing.


TikTokda tungi rejim haqida batafsil.




Tasmada kezish tugmalari


Tasmada kezish tugmalari tasmangizga kezish vositalarini kiritadigan ekranni oʻqish vositalari hisoblanadi.TikTokdagi ushbu tugmalar yordamida VoiceOver (iOS) yoki TalkBack (Android) kabi qurilmangizning ekranni oʻqish funksiyalaridan foydalanishingiz mumkin:
• Pauzaga qoʻyish yoki videolarni oʻynatish
• Keyingi yoki avvalgi postga kiring
• Siz uchun, Kuzatilmoqda va boshqa tasmalarni yangilash

Tasmada kezish tugmalaridan foydalanish uchun qurilmangiz sozlamalarida avval VoiceOver (iOS) yoki TalkBack (Android) funksiyalarini yoqing.Yoqilgandan soʻng, bu tugmalar TikTok ilovasida avtomatik tarzda paydo boʻladi.Qurilmangiz ekranini oʻqish vositasi yoqilgan vaqtda TikTok ilovasida bu sozlamani oʻchirsangiz, tasma naviatsiya tugmalari ko'rsatilmaydi va uni yana yoqish uchun ilova sozlamalariga qayta kirishingiz zarur bo'ladi.

Tasmada navigatsiya tugmalarini boshqarish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Maxsus imkoniyat tugmasiga tegining.
4. Tasmada kezish tugmalarini yoqing yoki oʻchiring.Bu sozlama parametrini koʻrish uchun maxsus imkoniyatlar sozlamalariga kirishdan oldin qurilmangiz sozlamalarida TalkBack (Android) yoki VoiceOver (iOS) yoqilishi kerak.

Yodda tuting, agar tasmangiz yuqorisida Hikoyalar koʻrsatilsa, kezish tugmalarini koʻrsatadigan qilish maqsadida toʻliq ekran rejimiga kirish uchun tasmaga ikki marta teginishingiz zarur boʻlishi mumkin.




Yorugʻlikka sezgirlik


Yorugʻlikka sezgir epilepsiya sozlamasi TikTokning ayrim ijodiy effektlariga sezuvchan boʻlishi mumkin boʻlganlarni himoyalashni maqsad qilgan ogohlantirishni chiqaradi.Vizual taʼsirchanlikka olib kelishi mumkin boʻlgan TikTok effektlarini oʻz ichiga olgan videolarni filtrlashni tanlashingiz mumkin.

Siz uchun yoki Kuzatilmoqda tasmalarida yorugʻlikka sezuvchan videolardan voz kechish uchun:
1. Yorugʻlikka sezgirlik ogohlantirishi bilan videoga kiring.
2. Yorugʻlikka sezgir videolarni koʻrishdan bosh tortish uchun Barchasini oʻtkazib yuborish tugmasiga tegining.Bu effektlarga ega videolarni koʻrishda davom etish uchun Videoni tomosha qilish tugmasiga teginishingiz mumkin.

Yorugʻlikka sezgir videolar sozlamasini oʻzgartirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Maxsus imkoniyat tugmasiga tegining.
4. Yorugʻlikka sezgir videolarni olib tashlash sozlamasini yoqing yoki faolsizlantiring.




Matn oʻlchami


Koʻrish ehtiyojlaringizga qarab TikTok ilovasidagi matn o'lchamini kattalashtirishingiz yoki kichraytirishingiz mumkin.

Yodda tuting, qurilmangiz sozlamalarida matn oʻlchamini sozlash TikTokdagi matn oʻlchamiga taʼsir qilmaydi.Siz faqat ilova sozlamalari orqali TikTokdagi matn oʻlchamini oʻzgartirishingiz mumkin.


TikTokda matn oʻlchamini rostlash uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasiga tegining.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, keyin Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
3. Maxsus imkoniyat tugmasiga tegining.
4. Matn oʻlchamiga tegining, soʻngra matn oʻlchamlariga razm solish uchun pastdagi slayderdan foydalaning.
5. Matn oʻlchamini yangilash uchun Rostlash bandiga tegining.

Agar siz iOS qurilmasidan foydalansangiz, matn oʻlchamini sozlaganingizdan keyin ilova yopiladi va oʻzgarishlarni koʻrish uchun uni qayta ochishingiz kerak boʻladi.Agar siz Android qurilmasidan foydalansangiz, ilova avtomatik tarzda qayta yuklanadi va siz oʻzgarishlarni koʻrasiz.

Foydali boʻldimi?