Boʻlimga kirish
AI yaratgan kontent nima? • TikTokda AI yaratgan kontentni joylash talablari qanday? • TikTokda AI yaratgan kontent qanday yorliqlanadi? • Nega ijodkorlar AI yaratgan kontentni belgilashi kerak? • TikTokda qanday turdagi AI yaratgan kontent butunlay taqiqlangan? • Ijodkor AI tomonidan yaratilgan deb belgilagan yorligʻi qanday qoʻllaniladi • Post haqida qanday xabar beriladi
AI yaratgan kontent nima?
AI yaratgan kontent (AIGC) muayyan badiiy uslubda yaratilgan real inson qiyofalarini yoki tasvirlarini tasvirlashi mumkin (masalan, rasm, multfilmlar va anime) sunʼiy vizual tasvirlar, videolar yoki ovozlar kabi sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan yoki oʻzgartirilgan tasvirlar, videolar va/yoki audiolarni oʻz ichiga oladi.
Quyidagilar AI yaratgan kontentga misol boʻladi:
• Rasmi, ovozi va/yoki soʻzlari AI oʻzgartirgan yoki tahrirlagan haqiqiy insonning gapirayotgani aks etgan video.
• Haqiqiy dunyoda sodir boʻlgan, lekin AI oʻzgartirgan yoki tahrirlagan sahna yoki hodisa aks etgan video yoki rasm.
• Toʻqima odamlar, joylar yoki hodisalarning roʻliq AI yaratgan videolari yoki rasmlari.
TikTokda AI yaratgan kontentni joylash talablari qanday?
Hamjamiyat uchun haqiqiy va shaffof taassurotni dastaklash uchun ijodkorlarni toʻliq AI yaratgan yoki sezilarli darajada tahrirlagan kontentni belgilashga chaqiramiz. Biz haqiqiy rasmlar/video manba material sifatida ishlatilgan, lekin AI oʻzgartirgan (kichik tuzatish va yaxshilashlar bundan mustasno) kontentni, jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga olgan sintetik rasmlar/videoni AI sezilarli darajada tahrirlagan deb hisoblaymiz:
• Asosiy subyektlar oʻzlari bajarmagan harakatni, masalan, raqs tushishni bajaryotgan qilib tasvirlangan;
• Asosiy subyektlar oʻzlari aytmagan narsani aytayotgan qilib tasvirlangan, masalan, AI yaratgan nutq yordamida yoki.
• Asosiy subyekt(lar)ning tashqi koʻrinishi sezilarli darajada oʻzgartirilgan-ki, asl subyekt(lar)ni endi tanish imkonsiz, masalan, AI yuzni almashtirish vositasi bilan.
Shuningdek, Hamjamiyat qoidalarida tushuntirilgani kabi, ijodkorlardan realistik rasmlar, audio va videoni oʻz ichiga olgan AI yaratgan har qanday kontentni belgilash talab etiladi.
TikTokda AI yaratgan kontent qanday yorliqlanadi?
Ijodkorlar post tavsifiga matn, heshteg stikeri yoki kontekst kiritish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri postning oʻzida kontentning AI tomonidan yaratilganligini oshkor qilishi mumkin.
TikTok tomoshabinlarga kontent AI yordamida yaratilgani haqida xabar berish uchun yorliqlarni ham taklif qiladi:
Ijodkor yorligʻi: Ijodkorlar oʻz kontentini AI toʻliq yaratgani yoki sezilarli darajada tahrirlaganini koʻrsatish uchun bu yorliqni tatbiq qilishi mumkin. Yorliqda “Ijodkor AI yaratgan deb belgilagan”, deb yoziladi. Yodda tuting, oʻzgartirilmagan kontentni yanglishtiradigan tarzda bu yorliq bilan belgilash Xizmat shartlariga ziddir va bunday holatda ushbu kontent olib tashlanishi mumkin.
Unutmang, agar AI yaratgan kontentingizni faqat TikTok effektlari yordamida yaratsangiz, uni yorliqlashingiz shart emas, chunki AI ishlatilgan TikTok effektlari bilan ishlangan kontentni atomatik yorliqlaymiz. Agar videongizni ishlatilgan TikTok effektiga qoʻshimcha ravishda mustaqil tarzda AI yordamida oʻzgartirgan boʻlsangiz, sizdan belgilash qoidalariga rioya etish soʻraladi.
Avtomatik yorliqlash: TikTok biz AI yordamida toʻliq yaratilgan yoki sezilarli darajada tahrirlangan deb aniqlagan kontentga avtomatik ravishda “AI yaratgan” yorligʻini tatbiq qilishi mumkin. Bu ijodkor TikTok AI effektlaridan foydalanganda yoki Kontentning kelib chiqishi va haqiqiyligi boʻyicha koalitsiya (C2PA) texnologiyasi, Kontent hisob maʼlumotlari biriktirilgan AI yaratgan kontentni yuklaganida yuz berishi mumkin. Kontent hisob maʼlumotlari kontentga metamaʼlumotlar biriktiradi. Biz ulardan AIGC ni darhol aniqlash va yorliqlash uchun foydalanishimiz mumkin.
C2PA bilan hamkorligimiz va AIGC shaffofligini oshirish boʻyicha ishimiz haqida batafsil.
Eslatma: Kontentingiz avtomatik yorliq bilan AI yaratgan deb belgilansa, siz postingizdan yorliqni olib tashlay olmaysiz.
Agar TikTokdagi biror video Tahrirlangan media va AI yaratgan kontent (AIGC) siyosatini buzmoqda deb hisoblasangiz, u haqida bizga xabar bering.
Nega ijodkorlar AI yaratgan kontentni belgilashi kerak?
Biz ijodkorlardan AI yaratgan kontentini quyidagi maqsadda ochiqlashni soʻraymiz:
• Tomoshabinlarga ular tomosha qilayotgan kontent haqida shaffof kontekst taqdim eting. AI aql bovar qilmaydigan ijodiy imkoniyatlarni ochsa-da, agar yorliqlanmasa, u tomoshabinlar uchun haqiqat va fantastika oʻrtasidagi farqni ajratishni qiyinlashtirishi mumkin.
• Odamlardan realistik AIGC kontentlarni yorliqlash va zararli tarzda chalgʻitadigan yoki boshqa odamlarni oʻzi qilib koʻrsatadigan kontentni cheklashni talab qiladigan Sadoqat va haqqoniylik yuzasidan Hamjamiyat qoidalariga rioya qiling. Biz yolgʻon axborot yoki yorliqsiz AI yaratgan kontentni tasvirlash orqali Hamjamiyat qoidalarini buzadigan kontentni olib tashlashimiz mumkin.
TikTokda qanday turdagi AI yaratgan kontent butunlay taqiqlangan?
Ayrim AI yaratgan kontent yoki tahrirlangan media tegishli tarzda yorliqlangan boʻlsa ham zarar keltirishi mumkin. Biz quyidagilar tasvirlangan AI yaratgan kontentga ruxsat bermaymiz:
• Soxta nufuzli manbalar yoki inqiroz hodisalari yoki muayyan kontekstlarda jamoat arboblarini yolgʻon tarzda namoyish qilish. Bunga tajovuzga uchrash, maʼqullash yoki maʼqullanish kiradi.
• 18 yoshdan kichik yoshlarning tasvirlari yoki katta yoshli jismoniy shaxslarning ruxsatisiz foydalanilgan tasvirlari.
Qanday turdagi AI yaratgan kontentga TikTokda ruxsat berilmasligi haqida batafsil.
Eslatma: Biz AI bilan tahrirlanganidan qatʼi nazar, Hamjamiyat qoidalarini buzadigan har qanday kontentga qarshi chora koʻramiz. Bunga oʻzini boshqa shaxs qilib koʻrsatish, yolgʻon axborot va haqoratga oid siyosatlarimiz kiradi.
Ijodkor AI tomonidan yaratilgan deb belgilagan yorligʻi qanday qoʻllaniladi
TikTok ilovasida joylashdan avval Ijodkor AI yaratgan kontent sozlamasi deb belgilagan sozlamasini yoqish uchun:
Surat
1. Suratga olish uchun quyi qismdagi Post kiritish+ tugmasini bosing.
2. Quyi qismdagi Joylash sozlamalarini bosing.
3. AI yaratgan kontent sozlamasini yoqing.
Video
1. Quyi qismdagi Post qoʻshish + tugmasini bosing.
2. Yozing, keyin Davom etish ✓ tugmasini bosing. Qurilmangizda video yuklashingiz ham mumkin.
3. Keyingisi tugmasini bosing.
4. Boshqa parametrlar ... tugmasini bosing, keyin AI yaratgan kontent sozlamasini yoqing.
Eslatma: AI yaratgan kontent sozlamasini yoqish postingiz tarqalishiga taʼsir qilmaydi, chunki u bizning Hamjamiyat qoidalarimizni buzmaydi.
Post haqida qanday xabar beriladi
Agar Hamjamiyat qoidalarimizga zid AI yaratgan kontentni, jumladan, AI haqoratlarini, oʻz ichiga olgan postni koʻrsangiz, bu haqda bizga xabar bering. Ilova yoki veb-brauzerdagi post haqida xabar berishingiz mumkin.
TikTok ilovasidan:
1. Postga kiring va Ulashish tugmasiga tegining yoki post ustga bosib turing, soʻngra Xabar berish tugmasiga tegining.
2. Notoʻgʻri axborot tugmasiga tegining, soʻngra Dipfeyklar, sintetik va manipulyatsiya qilingan media tugmasiga tegining.
3. Yuborish tugmasiga tegining.
Veb-brauzerdan:
1. Postga oʻting va kursorni yuqoridagi Boshqa parametrlar ... tugmasiga ustiga olib boring, keyin Xabar berish tugmasini cherting.
2. Notoʻgʻri axborot tugmasini cherting, soʻngra Dipfeyklar, sintetik va manipulyatsiya qilingan media tugmasini cherting.
3. Yuborish tugmasini cherting.