Boʻlimga sakrash
Apple Vision Proʼda TikTok ishlatish • Apple Vision Proʼda TikTok funksiyalari
Apple Vision Proʼda TikTok ishlatish
Apple Vision Proʼda TikTokdan keng turdagi kontentni kashf etish va TikTok hamjamiyati bilan aloqada boʻlish uchun foydalanishingiz mumkin. Registratsiya qilish yoki kirish uchun App Storeʼda TikTok ilovasini yuklab oling. Ishni boshlash tafsilotlari uchun Apple yordam xizmatiga kiring. Appleda Apple Vision Pro haqida batafsil.
Apple Vision Proʼdagi ilovada hisobingizga kirganingizdan keyin Siz uchun tasmasi ochiladi. Bu yerdan ilova bilan ushbu navigatsiya tugmalari yordamida tanishishingiz mumkin:
Siz uchun
Videolar bilan tanishish uchun barmoqlaringizni chimding va yuqoriga suring.
Menyu
Barcha menyu parametrlarini kengaytirish va tanishish uchun yon tomondagi navigatsiya menyusiga qarang.
Asosiy
Siz uchun tasmasini ochish uchun Asosiy tugmasiga qarang va uni chimding.
Qidiruv
Qidiruv sahifasini ochish uchun Qidiruv tugmasiga qarang va chimding. Qidiruv qatorini tanlang va qidirayotganingizni kiriting, keyin Qidirish bandini tanlang.
Profil va sozlamalar
Profilingizni ochish uchun Profil tugmasiga qarang va chimding. Sozlamalaringizga kirish uchun yuqoridagi Sozlamalar tugmasini tanlang.
Apple Vision Proʼda TikTok funksiyalari
Apple Vision Proʼda quyidagi TikTok funksiyalari mavjud. Unutmang, ayrim funksiyalar mobil qurilmalardagi TikTok ilovasiga cheklanishi mumkin.
Videolar bilan tanishish
Tugmalarning istalganini tanlaganingizda yon tomonga harakatlanish vaqtida original video ijro qilishda davom etadi va uning yonida yangi oyna chiqadi. Shu bilan birga, yon tomonda videolarni kezishda davom etishingiz mumkin. Ijodkor profilini berkitish va videoga qaytish uchun yuqoridagi Yopish tugmasini tanlang.
Profil
Ijodkor profiliga kirish uchun uning profil rasmini tanlang. Agar ijodkorni kuzatmayotgan boʻlsangiz, yuqoridagi Kuzatish tugmasini tanlashingiz mumkin.
Layk va dizlayk
Videoga layk bosish uchun video yon tomonidagi Layk tugmasini tanlang. Layk tugmasi rangi oqdan qizilga oʻzgaradi. Laykingizni olib tashlash uchun uni qayta tanlang.
Fikrlar
Video yon tomonidagi Fikrlar tugmasini tanlang. Fikrlar panelini tanlang va fikringizni kiriting, keyin Yuborish bnadini tanlang.
Saralanganlar
Biror videoni Saralanganlaringizga kiritish uchun video yon tomonidagi Saralanganlar tugmasini tanlang. Saralanganlar tugmasi rangi oqdan sariqqa oʻzgaradi. Uni Saralanganlardan olib tashlash uchun qayta tanlang.
Ulashish
Postni boshqalarga matnli xabar, AirDrop yoki email orqali ulashish uchun post yon tomonidagi Ulashish tugmasini tanlang.
Ovoz
Tarona nomi, ovoz ijodkor(lar)i va bu taronani ishlatadigan videolar soni kabi axborotlarni topish uchun video yon tomonidagi Ovoz tugmasini bosing. Yon panelda video ijro qilish uchun istalgan eskizni tanlang. Joriy ijro qilinayotgan video eskizida Tomosha qilinmoqda yorligʻiga ega boʻladi.