Xabarnoma doskasi

Boʻlimga kirish


TikTokdagi xabarnoma doskasi nima?Xabarnoma doskasini yaratishXabarnoma doskasini tahrirlashXabarnomalaringizni ulashishXabarnomani oʻchirishXabarnoma doskangizni boshqarish




TikTokdagi xabarnoma doskasi nima?


Xabarnoma doskasi – munosib ijodkorlarning oʻz kuzatuvchilari bilan muloqot qilishi va bogʻlanishi uchun ilova ichidagi kanaldir. Ijodkor sifatida siz kuzatuvchilaringiz bilan aloqada boʻlish va yangilanishlarni ulashish uchun oʻz xabarnoma doskangizni ochishingiz hamda moslashtirilgan xabarnomalarni e’lon qilishingiz mumkin.




Xabarnoma doskasini yaratish


1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining. Bu yerdan:
༚ Agar xabarnoma doskalari haqida xabar beruvchi bannerni olsangiz, boshlash uchun Sinab koʻrish tugmasiga tegining.
༚ Yuqoridagi Chat tugmasiga tegining.

2. Xabarnoma doskasi yaratish bandiga tegining.

3. Xabarnoma doskangiz koʻrinuvchanligini oʻzgartirish uchun Profilda koʻrsatish sozlamasini yoqing yoki oʻchiring.

4. Xabarnoma doskangizni ochish uchun Yaratish tugmasiga tegining.


Eslatma: Bir vaqtda faqat bitta faol xabarnoma doskasiga ega boʻlishingiz mumkin. Faqat kuzatuvchilaringiz qoʻshila oladi va u yaratilgandan soʻng ular qoʻshilish haqida bir martalik bildirishnoma oladi.




Xabarnoma doskasini tahrirlash


1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.

2. Xabarnoma doskangizga kirish uchun unga tegining. Bu yerdan:
༚ Moslashtirilgan xabarnoma profil rasmini qoʻshish uchun Tasvirni oʻzgartirish tugmasiga tegining.
༚ 40 tagacha belgidan tashkil topgan oʻzingiz xohlagan nomni kiriting. Yodda tuting, nomlar Hamjamiyatimiz qoidalariga mos kelishi kerak.
༚ 140 tagacha belgidan iborat ixtiyoriy tavsif qoʻshing.




Xabarnomalaringizni ulashish


Matnli xabarnomalarni ulashish uchun:

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.

2. Xabarnoma doskangizga kirish uchun tegining, soʻngra pastdagi Xabarnoma yozish tugmasiga tegining.

3. 1000 tagacha belgidan tashkil topgan matn kiriting.

4. Yuborish tugmasiga tegining yoki uni qoralamalaringizga saqlash uchun sahifani yoping.


Suratli xabarnomalarni ulashish uchun:

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.

2. Xabarnoma doskangizga kirish uchun tegining, soʻngra quyi qismdagi Qoʻshish + tugmasiga tegining.

3. Kamera tugmasiga tegining. Ilovaga kamerangiz va suratlar albomingizga kirish uchun ruxsat berishingiz kerak boʻladi. Bu yerdan quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
༚ Suratga olish uchun Yozib olish tugmasiga tegining.
༚ Suratlar albomingizdan suratni tanlash uchun Yuklash tugmasiga tegining.

4. Suratingizga matn, stikerlar yoki filtr qoʻshing.

5. Yuborish tugmasiga tegining.


Post, JONLI tadbir va musiqa kartalarini ulashish uchun:

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.

2. Xabarnoma doskangizga kirish uchun tegining, soʻngra quyi qismdagi Qoʻshish + tugmasiga tegining.

3. Postlar bandiga tegining va Postlaringiz yoki Saralangan postlar orasidan tanlang.

4. Yuborish tugmasiga tegining.


Yodda tuting, xabarnoma doskangizga kuniga 3 tagacha xabarnoma joylashingiz mumkin. Yuqoridagi xabornomalarning har biri bitta kvota hisoblanadi.




Xabarnomani oʻchirish


1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.

2. Xabarnoma doskangizga kirish uchun unga tegining, soʻngra xabarnomani bosib turib, Oʻchirish tugmasiga tegining. Bu yerdan quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
༚ Xabarnoma eʼlon qilinganidan keyin 3 daqiqa ichida Hamma uchun oʻchirish bandiga tegining.
༚ Xabarnoma eʼlon qilingandan 3 daqiqadan keyin Men uchun oʻchirish bandiga tegining. Doskaga qoʻshilgan odamlar baribir xabarnomani koʻrishadi.


Yodda tuting, oʻchirilgan yoki qaytarib olingan xabarnoma baribir kunlik 3 ta kvotaga kiritiladi.




Xabarnoma doskasini boshqarish


Xabarnoma doskangiz tafsilotlarini oʻzgartirishingiz, uning koʻrinishini boshqarishingiz va doskangizni yopishingiz yoki butunlay oʻchirib tashlashingiz mumkin.


1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining. Unga profilingiz orqali ham kirishingiz mumkin.

2. Sahifaga kirish uchun xabarnoma doskangizga tegining.

3. Boshqa parametrlar ... tugmasiga tegining, xabarnoma doskangizning yuqori qismida joylashgan. Bu yerdan quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
༚ Doska surati, nomi va tavsifini o‘zgartirish uchun yuqoridagi Tahrirlash tugmasiga tegining. Tahrirlashlaringizni kuniga bir marta saqlashingiz mumkin.
༚ Xabarnoma doskangiz profilingizda ko‘rsatilishi uchun Profilga chiqarish sozlamasini yoqing.
༚ Xabarnoma doskangizni qadash uchun Kiruvchi xabarlar jildi yuqorisiga qadash sozlamasini yoqing.
Xabarnoma doskasini yopish tugmasiga, so‘ngra tasdiqlash uchun Yopish tugmasiga tegining.


Yodda tuting, xabarnoma doskasi yopilgandan so‘ng unga qo‘shilgan foydalanuvlar uning tarixini ko‘ra oladi, biroq xabarlaringizga fikr bildira yoki ular bilan muloqotga kirisha olmaydi.


Xabarnoma doskangizni yopganingizdan keyin quyidagilarni bajarishingiz mumkin:

• Yangi doska yaratisj, ammo yangisini yaratishni tanlasangiz, avvalgisi tiklanmaydi.

• Barcha ommaviy xabarnomalaringizni koʻrish yoki avvalgilaridan istalganini oʻchirishni tanlash.

• Doskani yopgandan keyin 30 kun ichida xabarnoma doskangizni qayta ochish. 30 kundan keyin doska oʻchirib yuboriladi.

• Yuqoridagi yopish uchun amallarni bajarish orqali xabarnoma doskangizni butunlay oʻchirish.

Foydali boʻldimi?