Xabarnoma doskalariga qoʻshilish

Boʻlimga kirish

TikTokdagi xabarnoma doskasi nima?Xabarnoma doskasiga qoʻshilishXabarnoma doskasidan chiqishXabarnomaga javob berishXabarnoma haqida xabar berish




TikTokdagi xabarnoma doskasi nima?


Xabarnoma doskasi – ijodkorlarning oʻz kuzatuvchilari bilan muloqot qilishi va bogʻlanishi uchun ilova ichidagi kanaldir. Xabarnoma doskasiga qoʻshilish orqali sevimli ijodkorlaringizning soʻnggi eʼlonlari, tadbir yangiliklari yoki boshqa qiziqarli yangiliklarini kuzatib borishingiz mumkin.



Xabarnoma doskasiga qoʻshilish


Siz kuzatadigan ijodkorlar yangi xabarnoma doskasi yaratganda, unga qoʻshilish uchun TikTokdan bir martalik bildirishnoma olasiz. Yoki unga ijodkorning profilidan ham qoʻshilishingiz mumkin.

Kiruvchingizdan

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.

2. Faoliyat tugmasiga, so‘ngra xabarnoma doskasiga kirish uchun taklifnomaga tegining.

3. Qoʻshilish tugmasiga tegining.


Ijodkor profilidan

1. TikTok ilovasidan ijodkor profiliga kiring.

2. Uning tarjimai holi ostidagi xabarnoma doskasiga tegining. Xabarnoma doskasi yozuvini faqat ijodkor uni oʻz profilida koʻrsatishni tanlagan taqdirdagina koʻrasiz.

3. Qoʻshilish tugmasiga tegining.


Xabarnoma doskasiga qo‘shilgach, u kiruvchi xabarlaringizda boshqa xabar zanjirlari yonida paydo bo‘ladi. Yodda tuting, agar siz ijodkorni avvaldan kuzatmayotgan bo‘lsangiz, uning xabarnoma doskasiga qo‘shilganingizda avtomatik ravishda uni kuzata boshlaysiz.



Xabarnoma doskasini tark etish


1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.

2. Kirish uchun xabarnoma doskasiga tegining.

3. Boshqa parametrlar ... tugmasiga tegining, u yuqori qismda joylashgan.

4. Tark etish tugmasiga, soʻngra tasdiqlash uchun yana Tark etish tugmasiga tegining.


Xabarnoma doskasini tark etganingizdan soʻng, yangi xabarnomalar olmaysiz, lekin uning tarixi sizga koʻrinib turadi. Agar bildirishnomalarni oʻchirib qoʻymoqchi boʻlsangiz, yuqoridagi amallarni bajarish orqali Xabarnoma doskasini sukutga qoʻyish sozlamasini yoqishingiz mumkin.



Xabarnomaga javob berish


Xabarnoma bilan muloqot qilish uchun emoji munosabatlarini yuborishingiz mumkin.


1. TikTok ilovasida kiruvchilardagi xabarnomaga kiring.

2. Munosabatingizni bir necha xil usulda ulashishingiz mumkin:

༚ Yurak emojisini yuborish uchun xabarnomaga ikki marta tegining.

༚ Birlamchi emojini tanlash uchun xabarnomani bosib turing.

༚ Xabarnomani bosib turing, soʻngra yoqtirgan emojingizni tanlash uchun Emoji tugmasiga tegining.


Yodda tuting, xabarnomaga faqatgina xabarnoma doskasini kuzatuvchi odamlar munosabat bildira oladi, lekin emoji munosabatlaringiz hammaga koʻrinadi.



Xabarnoma haqida xabar berish


TikTokda qulay va xavfsiz tajribani yaratishga yordam berish uchun sizni Hamjamiyatimiz qoidalariga zid boʻlgan xabarnoma doskasi kontenti haqida xabar berishga chaqiramiz.


Xabarnoma haqida xabar berish uchun:

1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Kiruvchi tugmasiga tegining.

2. Kirish uchun xabarnoma doskasiga tegining.

3. Xabar bermoqchi boʻlgan xabarnomaga oʻting.

4. Xabarnomani bosib turing, soʻngra Xabar berish tugmasiga tegining va taqdim etilgan amallarni bajaring.

Foydali boʻldimi?