Ijodkorlar uchun vositalar

Boʻlimga kirish


TikTokda ijodkorlik vositalari  •  TikTok Studioga qanday kiriladi  •  TikTok Studiodagi funksiyalar  •  TikTok Studioda monetizatiya bilan tanishing  






TikTokda ijodkorlik vositalari


TikTok Studio sizga kontent yaratish, tahrirlash, boshqarish va uning unumdorligini tahlil qilishda yordam beradigan ijodkorlik vositalarini taqdim etadi. Bu vositalar TikTok uchun mobil ilovada va veb-brauzerda yoki yanada keng qamrovli va optimal taassurot uchun TikTok Studio app mavjud.

TikTok Studiodan quyidagilar uchun foydalanishingiz mumkin:
•  Postlarni yuklash, rejalash va tahrirlash
•  Kontentingizni boshqarish
•  Statistika va kontent unumdorligini koʻrish
•  Funksiya haqida fikr-mulohaza bildirish
•  Fikrlarni boshqarish va munosabat bildirish
•  Monetizatsiya unumdorligini tekshirish
•  Rivojlanish uchun vositalarni kashf qilish
•  Kreativ ijodkorlik uchun resurslar bilan tanishish

Kontent boshqaruvi va statistika kabi yuqoridagi funksiyalarning ayrimlari veb-brauzerda eng yaxshi koʻrinadi.

Ijodkorlik vositalari Shaxsiy va Biznes hisoblari uchun mavjud.






TikTok Studioga qanday kiriladi


TikTok ilovasida:
1. Quyi qismdagi
Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi
Menyu ☰ tugmasini, keyin TikTok Studio tugmasini tanlang.
3. Siz foydalanmoqchi boʻlgan vositani bosing.

Veb-brauzerda:
1. www.tiktok.com/tiktokstudio manziliga kiring.
2. TikTok hisobingizga kiring. Muayyan vositalarga TikTok bosh sahifasi orqali ham kirishingiz mumkin:
   ༚  Statistika uchun Yuklash tugmasini bosing, keyin yon menyudan
Statistika bandini tanlang. Turli statistikani koʻrish uchun asosiy koʻrsatkichlar, kontent yoki kuzatuvchilarni bosishingiz ham mumkin. Unutmang, muayyan koʻrsatkichlarni koʻrish uchun statistikani yoqishingizga toʻgʻri kelishi ham mumkin.
   ༚  Videolar yuklash uchun: Yuqoridagi
Yuklash tugmasini bosing.






TikTok Studiodagi funksiyalar


ITikTok Studioda quyidagi funksiyalar mavjud. Unutmang, vositalar mavjudligi ilova va veb taassurotlar boʻylab farq qiladi.

Eslatma: Bu funksiyalarning ayrimlari hali hududingizda ishlamasligi mumkin va muayyan funksiyalar vositalardan foydalanish uchun muayyan mezonlarga javob berishingizni talab qilishi mumkin.


TikTok ilovasida mavjud funksiyaalr

Vositalar
• 
Statistika: Jami tomoshalar, sof kuzatuvchilar, layklar va boshqalarni oling. Tafsilotlar, jumladan, alohida postlar yuzasidan statistika uchun Hammasini koʻrish tugmasini bosing. Profilingizdagi har bir post quyi qismidagi Koʻproq statistika tugmasini bosish orqali alohida postlar uchun statistikaga kirishingiz ham mumkin.
• 
Monetizatsiya: Monetizatsiya resurslari va vositalari bilan tanishing. Mukofotlarni koʻrish va monetizatsiya vositalari haqida batafsil bilib olish uchun yuqoridagi Hammasini koʻrish tugmasini bosing.
•  
Boshqa vositalar: Ijodkorlar markazi va Reklama qilish kabi yana boshqa funksiyalar va vositalarga kiring.
•  
Ijoddan ilhomlanish: Kontentingiz uchun manbadan ilhomlanish uchun oʻzingiznikiga oʻxshash trenddagi videolar bilan tanishing.

TikTokda kontentingizni optimallash va ijodkorlar uchun foydali resurslar bilan tanishish uchun Ijodkorlar akademiyasiga kiring.

JONLI
•  
Yangilanishlar: Qanday yangiliklar borligi haqidagi eʼlonlarni tekshiring.
•  
JONLI efir statistikasi: Umumiy koʻrishlar, yangi kuzatuvchilar, Olmoslar balansi va hadya beruvchilarni koʻring.
•  
Tomoshabinlar reytingi: JONLI efiringiz tomoshabinlari reytingi haqida batafsil bilib oling.
•  
Vositalar va resurslar: JONLI efirlaringiz oid funksiyalarga, jumladan, Takror, JONLI tadbirlar, Obuna, LIVE Creator Hub va boshqa shu kabilarga kiring, yangilang va tekshiring.
•  
Kampaniyalar: Yana boshqa JONLI efir funksiyalaridan zavqlanish uchun JONLI efir kampaniyalarida ishtirok eting va vazifalarnin bajaring.

Eslatma: JONLI efir funksiyalaridan faqat JONLI efir ruxsatiga ega ijodkorlar foydalana oladi.

Sozlamalar
Quyidagilarga kirish uchun yuqoridagi
Sozlamalar tugmasini bosing:
•  
Reklama sozlamalari: Reklama beruvchilarga postlaringizdan reklamalarida foydalanishga ruxsat berishingiz mumkin.
•  
Video ovozi mualliflik huquqi tekshiruvi: Har safar yangi post chiqqanida tekshirishingiz mumkin.


Veb-brauzerda mavjud funksiyalar

Asosiy
TikTok Studio asosiy sahifasi hisobingizga umumiy nazarni taqdim etadi, jumladan:
•  Asosiy koʻrsatkichlarni namoyish qiluvchi hisob statistikasi.
•  Siz joylagan oxirgi postlarga razm solish.
•  Videolaringizga bildirilgan oxirgi fikrlar roʻyxati.

Yuklash
Bu rukndan videolaringizni yuklash, tahrirlash va joylashingiz mumin. Yuklangan videolar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
•  MP4 yoki WebM fayl formatida
•  720x1280 aniqlik darajasi yoki undan yuqori
•  Uzunligi 30 daqiqagacha
•  10 GB dan kichik

Yuklanganidan keyin quyidagilarni qoʻshish yoki sozlashingiz mumkin:
•  
Tagyozuv: Videongizga tagyozuvlar qoʻshing.
•  
Muqova: Videongiz uchun muqova rasm tanlang.
•  
Bu videoni kimlar tomosha qilishi mumkin: Videongizni kimlar tomosha qilishi mumkinligini tanlang.
•  
Foydalanuvchilarga quyidagilarga ruxsat berish: Boshqalarga videongiz fikr bildirish, duet yoki ulama olish imkonini bering.
•  
Mualliflik huquqi tekshiruvini ishga tushirish: Agar tanlansa, biz ishlatilgan ovozlar yuzasidan mualliflik huquqi buzilishlarini tekshiramiz. Agar mualliflik huquqi buzilishlari topilsa, videoni joylashingizdan oldin tahrirlashingiz mumkin.

Postlar va fikrlar
Postlar va fikrlaringizni boshqarish, qidirish, filtrlash va saralash, shuningdek:
•  
Postlar: Layklar, ulashuvlar va tomoshalar kabi unumdorlik tafsilotlarini koʻring, maxfiylik sozlamalarini sozlang va postlarni oʻchiring.
•  
Fikrlar: Fikrlarni oʻchiring, layk bosing, dizlayk bosing va javob bering.

Unutmang, fikrlar rukni hamjamiyat shikoyat qilgan yoki bloklagan fikrlarni oʻz ichiga olmaydi.

Statistika Quyidagi turkumlar orqali hisobingiz statistikasi toʻliq koʻrinishini oling:
•  
Asosiy koʻrsatkichlar: Hisob unumdorligi
•  
Kontent: Alohida video koʻrsatkichlari
•  
Kuzatuvchilar: Kuzatuvchilaringiz demografik koʻrinishi

Fikr-mulohaza
TikTok Studioda fikr-mulohaza bildiring va ijodkor sifatidagi taassurotingizni ulashing. Biz fikr-mulohazangizdan takomillanishlar qilishda davom etish uchun foydalanamiz.








TikTok Studioda monetizatiya bilan tanishing


Monetizatsiya resurslarimiz bilan tanishish orqali ehtimoliy monetizatsiyalash imkoniyatlari bilan tanishing va harakatlaringiz optimallang:
•  Hozirda mukofotlarni qanday toʻplayotganingiz haqida umumiy maʼlumot.
•  Boshqa TikTok monetizatsiya dasturlariga qoʻshilish yuzasidan moslangan tavsiyalar, qanday qilib mos kelish mumkinligi va mos kelganingizda bildirishnomalar.
•  Ilhom olish uchun oʻxshash ijodkorlardan shaxsiylashtirilgan tavsiyalar.





Foydali boʻldimi?