Boʻlimga kirish
Effektlar • Filtrlar
Effektlar
Effektlar TikTok videolarni sozlash va tafsilotlar kiritish uchun ishlatiladi. Effektlar videoni yozib olishdan oldin yoki keyin qoʻshilishi mumkin, lekin baʼzilaridan faqat yozib olishdan oldin, boshqalaridan esa faqat keyin foydalanish mumkin.
Yana boshqa tahrirlash variantlari uchun TikTokdagi kengaytirilgan tahrirlash vositalari .
Effekt bilan yozish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Post kiritish + tugmasini bosing.
2. Kamera ekranining quyi qismidagi Effektlar tugmasini bosing.
3. Razm solish uchun effekt tanlang. U ekraningizga avtomatik tatbiq qilinadi.
4. Kamera ekraniga qaytish va effekt bilan yozish uchun istalgan joyni bosing.
Effektlarni keyinroq topish uchun ularni Saralanganlaringizga kiritishingiz ham mumkin.
Biror effektni Saralanganlarga kiritish uchun:
1. Post kiritish + tugmasini bosganingizdan keyin Effektlar bandini bosing va siz Saralanganlarga kiritmoqchi boʻlgan effektni tanlang.
2. Effektlar paneli quyi qismidagi Saralanganlar tugmasini bosing.
Effekt endi Saralanganlar ruknida chiqadi. Biror effektni Saralanganlardan olib tashlash uchun effektga kiring va Saralanganlar tugmasini bosing.
Filtrlar
Filtrlar – bu kontentingizga uning koʻrinishini oʻzgartirish uchun kiritilishi mumkin boʻlgan andozalardir.
Videongizga biror filtrni kiritish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Post kiritish + tugmasini bosing.
2. Yon paneldagi Filtrlar tugmasini bosing.
3. Siz foydalanmoqchi boʻlgan filtrni tanlang. Filtrni videongizni yozishdan yoki yuklashdan oldin va keyin kiritishingiz mumkin.
4. Turli filtr kuchlariga razm solish uchun filtrlar yuqori qismidagi slayderni sozlang.
5. Kamera ekraniga qaytish va filtr bilan yozish uchun istalgan joyni bosing.
Ilovada qaysi filtrlar chiqishini tanlash uchun filtrlar panelidan Boshqaruv tugmasini bosing.