Boʻlimga sakrash
Whee nima? • Whee bilan ishlashni boshlash • Wheeʼdagi hisobingiz va maxfiylik sozlamalaringiz • Whee funksiyalari • Ota-onalar va vasiylar uchun
Whee nima?
Whee – bu sizga tanishlaringiz bilan aloqada boʻlish imkonini beradigan ijtimoiy ilovadir. Wheeʼda shaxsiy xabarlar orqali munosabatga kirishishingiz yoki tasmaga faqat Whee tanishlaringiz koʻradigan suratlar joylashingiz mumkin.
Wheeʼdan 16 yosh yoki undan katta odamlar foydalanishi mumkin.
Whee bilan ishlashni boshlash
TikTok hisobingiz Whee profilingizga ulanadi, shuning uchun hisobda qolishingiz va ikkita ilova orasida almashishingiz mumkin. Agar sizda TikTok hisobi boʻlmasa, Whee orqali registratsiya qilishingiz mumkin.
Wheeʼga registratsiya qilish yoki hisobingizga kirish uchun:
1. Whee ilovasini Google Play yoki App Store orqali yuklab oling.
2. Ilovani oching. Unda quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
༚ TikTok hisobini yaratish, undan ham TikTok, ham Whee uchun foydalanishingiz mumkin. TikTok hisobini yaratish uchun quyi qismdagi Registratsiya qilish tugmasini bosing, keyin qadamlarni bajaring.
༚ Mavjud TikTok hisobingiz yordamida hisobga kirish.
༚ Google yoki Facebook kabi tashqi platforma orqali hisobga kirish. Unutmang, bu usulni tanlasangiz ham, sizga TikTok hisobi kerak boʻladi.
Wheeʼdagi hisobingiz va maxfiylik sozlamalaringiz
Ayrim hisob va maxfiylik sozlamalaringiz TikTok va Whee orasida ulashiladi hamda ayrim sozlamalar Whee ilovasida boshqariladi.
Siz Wheeʼda boshqarishingiz mumkin boʻlgan hisob haqidagi axborot va maxfiylik sozlamalari:
• Profil rasmi: Whee profilingiz suratini yuklang. Unutmang, sizdan profil rasmiga ega boʻlish talab qilinadi.
• Afzal ism: Whee profilingiz uchun afzal ism qoʻshing. Afzal ism taqdim etish talab qilinadi. Afzal ismingizda hech qanday maxsus belgilar yoki maxfiy axborotlar boʻlmasligi kerak.
• Tanishlar: Wheeʼda yana boshqa tanishlarni qoʻshing yoki olib tashlang. Wheelʼdagi tanishlaringiz siz TikTokda kuzatadigan tanishlar yoki hisoblardan farq qiladi.
• Hisobni boshqalarga taklif qiling: Whee hisobingizni kontaktlaringizga taklif qiling. Bu sozlama 18 yosh yoki unda katta odamlar uchun birlamchi sozlamalarda yoqilgan boʻladi. Bu sozlamani istalgan paytda yoqish yoki faolsizlantirishingiz mumkin.
• Xavfsizlik rejimi: Maxfiy kontent mavjud boʻlgan yoki ehtimoliy xavfli manbalardan boʻlgan xabarlarni filtrlash. Bu sozlama birlamchi sozlamalarda yoqiladi.
Eslatma: Yuqoridagi sozlamalar yoki hisob axborotlariga kiritilgan har qanday oʻzgarishlar faqat Whee profilingizga tatbiq qilinadi.
Hisob haqidagi axborot va maxfiylik sozlamalari TikTok va Whee orasida ulashiladi:
• Foydalanuvchi haqidagi axborot: Hisobingiz uchun kontakt axborotini yangilash.
• Parol: Hisobingiz uchun parolni yangilash.
• Hisobni faolsizlantirish yoki oʻchirish: Hisobingizni vaqtincha faolsizlantirish yoki butunlay oʻchirish. Unutmang, agar ushbu variantni tanlasangiz, biz TikTok hisobi va Whee profilingizni faolsizlantiramiz va oʻchiramiz hamda siz ortiq ikkalasiga ham kira olmaysiz.
• Kontaktlarni sinxronlash: Telefoningizdagi kontaktlarni Wheeʼga sinxronlang. Agar siz avval TikTokdagi kontaktlaringizni sinxronlagan boʻlsangiz, kontaktlaringiz Wheeʼga ulashiladi. Bu sozlamani istalgan paytda yoqish yoki faolsizlantirishingiz mumkin.
• Bloklangan hisoblar: Siz bloklagan hisoblarni boshqaring. Siz TikTokda bloklangan hisoblar Wheeʼda ham bloklanadi.
Whee funksiyalari
Wheeʼda quyidagi funksiyalar mavjud:
Kamera
Wheeʼda joylash uchun suratga oling yoki rasmlar yuklang. Bularni ham bajarishingiz mumkin:
• Filtrlar kiritish.
• Suratlaringiz maxfiylik sozlamalarini sozlash.
• Suratni qurilmangizga saqlang.
Wheeʼda joylashda bilish kerak boʻlgan bir nechta narsa:
• Ilk marta rasmga olayotgan yoki qurilmangizdan yuklayotgan boʻlsangiz, sizdan ilovaga kameradan va suratlar kutubxonasidan foydalanishga ruxsat berish soʻraladi.
• Agar postingiz Hamjamiyat qoidalarini buzsa, hisobingizni bloklashimiz yoki postingizni olib tashlashimiz mumkin. Agar hisob yoki postingiz xato olib tashlangan deb hisoblasangiz, shikoyat yuborishingiz mumkin.
Xabarlar
Tanishlaringizga xabarlar yuboring va ulardan qabul qiling. Bularni ham bajarishingiz mumkin:
• Doʻstlik soʻrovlarini qabul qilish yoki oʻchirish.
• TikTokdagi umumiy tanishlar yoki kontaktlaringizdagi odamlar kabi Wheeʼda qoʻshish uchun taklif qilingan odamlar roʻyxatini koʻrish.
• Shaxsiy xabaringizni kimdir oʻqiganida tekshiring.
Whee xabarlari haqida bilish kerak boʻlgan bir nechta narsa:
• Wheeʼdagi odamlar bilan faqat ikkalangiz ilovada tanishlar boʻlsangizgina suhbatlashishingiz mumkin.
• Agar siz va tanishingizda Whee ilovasi boʻlsa, Whee ichida TikTok xabarlariga kirishingiz mumkin, lekin Whee va TikTok chatlari bir-biri bilan sinxronlanmaydi.
Postlar Tanishlaringiz postlari bilan munosabatga kirishing. Bularni ham bajarishingiz mumkin:
• Post bildirishnomalaringizni koʻrish.
• Suratlaringiz maxfiylik sozlamalarini sozlash.
• Profilingizga kirish.
• Wheeʼda joylangan suratlarni qurilmangizga saqlash.
Ota-onalar va vasiylar uchun
Agar siz ota-ona yoki vasiy boʻlsangiz, farzandingiz TikTok hisobi uchun Oilaviy sozlamalardan foydalanishingiz mumkin:
• Farzandingiz Wheeʼga kirganida xabardor boʻling.
• Farzandingiz shaxsiy xabarlari va fikrlar sozlamalarini Whee profiliga tatbiq qilish uchun ularni boshqaring.
• Farzandingiz Wheeʼga kirishining oldini olish uchun uning shaxsiy xabar va fikr sozlamalarini Hech kim qilib sozlang.