TikTok Ijodkorlar markazi

Boʻlimga kirish


TikTok Ijodkorlar markazi nima?  •  Ijodkorlar markaziga qanday kiriladi  •  Ijodkorlar markazidagi funksiyalar 






TikTok Ijodkorlar markazi nima?


TikTok Ijodkorlar markazi – bu ijodkorlarda TikTokda rivojlanishda yordam berish uchun moʻljallangan ilovadir. Ijodkor sifatida undan quyidagilar uchun foydalanishingiz mumkin:
•  Postlarni yuklash va rejalash
•  Kontentingizni boshqarish
•  Kengaytirilgan statistikani koʻrish
•  Fikr-mulohaza ulashish






Ijodkorlik markaziga qanday kiriladi


Ijodkorlar markaziga toʻliq vositalar majmuasiga ega veb-brauzerda kirish mumkin. Siz TikTok ilovasida Ijodkorlar markazining baʼzi asosiy funksiyalariga ijodkorlik vositalaringiz orqali kirishingiz ham mumkin. TikTok ilovasida ijodkorlik vositalari haqida batafsil.

Ijodkorlik markaziga kirish uchun:
www.tiktok.com/creator-center manziliga kiring va TikTok hisobingizga kiring. Muayyan Ijodkorlik markazi boʻlimlariga TikTok asosiy sahifasi orqali ham kirishingiz mumkin:
•  Statistika uchun: Yuqori qismdagi profil rasmingizni bosing, keyin
Statistikani koʻrish bandini bosing.
•  Videolar yuklash uchun. Yuqori qismdagi
Yuklash bandini bosing.






Ijodkorlar markazidagi funksiyalar


Ijodkorlik markazida quyidagi funksiyalar mavjud:

Asosiy
Ijodkorlar markazi bosh sahifasi hisobingiz umumiy nazar solish imkonini taqdim etadi, jumladan:
•  Asosiy koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan hisob tahlili.
•  Siz joylagan oxirgi videolarga razm solish.
•  Videolaringizdagi oxirgi fikrlar roʻyxati.

Yuklash
Bu rukndan videolaringizni yuklash, tahrirlash va joylashingiz mumin. Yuklanadigan videolar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
•  MP4 yoki WebM fayl formatida
•  720x1280 yoki undan yuqori aniqlik darajasi
•  10 daqiqagacha uzunlikda
•  10 GB dan kichik

Yuklangach, quyidagi video sozlamalarini kiritish yoki sozlashingiz mumkin:
•  
Tagyozuv: Videongizga tagyozuvlar kiritish.
•  
Muqova: Videongiz uchun muqova rasmi tanlash.
•  
Bu videoni kimlar tomosha qilishi mumkin: Videongizni kimlar tomosha qilishi mumkinligini tanlang.
•  
Foydalanuvchilarga quyidagilarni bajarishga ruxsat: Boshqalarga videongizga fikr bildirish, duet yoki ulama qilishga ruxsat.
•  
Mualliflik huquqi tekshiruvini ishga tushirish: Agar tanlansa, biz videongizni ishlatilgan tovushlardagi mualliflik huquqi buzilishlarini tekshiramiz. Agar mualliflik huquqi buzilishlari topilsa, videoni joylashingizdan oldin tahrirlashingiz mumkin.

Postlar
Bu boʻlim barcha chop etgan va rejalagan postlaringizni tekshirish va boshqarishda sizga yordam berish uchun moʻljallangan. Videolaringizni saralash va koʻrishingiz, maxfiylik sozlamalarini tahrirlashingiz va videolarni yoppasiga oʻchirishingiz mumkin.

Fikrlar
Videolaringizga odamlar bildirgan fikrlarni boshqarish va ular bilan munosabatga kirishish. Fikrlarni topishni osonlashtirish uchun 30 kungacha filtrlashigniz yoki fikrlarni qidirishingiz ham mumkin.

Unutmang, fikrlar rukni hamjamiyat shikoyat qilgan yoki bloklagan fikrlarni oʻz ichiga olmaydi.

Statistika
Quyidagi turkumlar orqali hisobingiz statistikasining toʻliq koʻrinishini oling:
•  
Asosiy oʻlchovlar: Hisob unumdorligi
•  
Kontent: Alohida video oʻlchovlari
•  
Kuzatuvchilar: Kuzatuvchilaringizning demografik koʻrinishi

Fikr-mulohaza
Ijodkorlik markazida fikr-mulohaza taqdim eting va ijodkor sifatidagi taassurotingizni ulashing. Biz fikr-mulohazangizdan takomillanishlar qilishda davom etish uchun foydalanamiz.

Ijodkorlar akademiyasi
Ijodkorlar akademiyasi – bu ijodkorlar TikTokdagi kontentini optimallash haqida batafsil bilib olishi mumkin boʻlgan taʼlim markazidir. Akademiya resurslarni, jumladan, maqolalar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etadi.



Foydali boʻldimi?