PineDrama TikTokda

Boʻlimga kirish


PineDrama nima?PineDrama’dan foydalanish usuliPineDrama’dagi funksiyalarHisobingiz va maxfiylik sozlamalarini boshqarish



PineDrama nima?


PineDrama – mini-serial kontentini tomosha qilish uchun moʻljallangan ilova. Ilova mini-seriallar kutubxonasini taklif etadi, bu sizga tomosha qilishdagi qiziqishlaringizga mos kontentni topish imkonini beradi. PineDrama’dan kamida 18 yoshga toʻlgan shaxslar foydalanishi mumkin.

Eslatma: Hozirda PineDrama hamma mintaqalarda ham mavjud emas.



PineDrama’dan foydalanish usuli


Tizimda qolish va ikkala ilova oʻrtasida almashish uchun TikTok hisobingiz PineDrama hisobingizga ulanadi. Agar TikTok hisobingiz boʻlmasa, toʻgʻridan-toʻgʻri PineDrama orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

PineDrama’da roʻyxatdan oʻtish yoki unga kirish uchun:

  1. PineDrama ilovasini Google Play yoki App Storeʼdan yuklab oling.
  2. Ilovani oching. Bu yerdan quyidagilarni bajarishingiz mumkin:
    • TikTok va PineDrama uchun foydalanish mumkin bo‘lgan TikTok hisobini yarating. Pastdagi Roʻyxatdan oʻtish tugmasini bosing, soʻngra TikTok hisobini yaratish uchun amallarni bajaring.
    • Mavjud TikTok hisobingizdan foydalangan holda kiring.
    • Google yoki Facebook kabi uchinchi tomon platformasi orqali kiring. Yodda tuting, bu usulni tanlasangiz ham, sizga TikTok hisobi kerak boʻladi.



PineDrama ilovasidagi funksiyalar


PineDrama ilovasida quyidagi funksiyalar mavjud.

Bosh sahifa

Mini-serial kontentlari bilan tanishing:

  • Tasma: Yangi kontent topish uchun vertikaliga aylantiring. Tasma tomosha qilish qiziqishlaringiz va faolligingizga asoslangannn holda shaxsiylashtirilgan mini-serial tavsiyalarini taqdim etadi.
  • Kontent tafsilotlari: Hozirda ijro etilayotgan videoning ijodkor, video sarlavhasi va foydalanuvchi ishtiroki kabi maʼlumotlarini koʻring.
  • Epizodlar boʻylab kezish: Serialning koʻproq epizodlarini tomosha qiling, maʼlum epizodlarni tanlang yoki boshqa kontentlarni koʻrib chiqishda davom eting.
  • Muloqot: Ijodkorlarni kuzatish, layk bosish, sevimlilarga qoʻshish va videolarga fikr bildirish orqali kontent bilan yaqindan tanishing.

Kashf qiling

Tomosha qilish uchun yangi mini-seriallar toping:

  • Seriallar kutubxonasi: Platformada mavjud bo‘lgan barcha mini-seriallarni bitta joyda koʻrib chiqing.
  • Kontentni tezroq toping: Sizni qiziqtirgan kontentni tezda topish uchun filtrlar va teglardan foydalaning.
  • Toifalarni koʻrib chiqing: Barcha seriallarni tomosha qiling yoki trenddagi kontentni toping.
  • Tomosha qilishni boshlang: Serialni to‘liq tomosha qilishni boshlash uchun uning muqovasiga tegining.

Kiruvchi

Bildirishnomalarni koʻrish va boshqarish:

  • Yangi kuzatuvchilar: Yangi kuzatuvchilar haqida yangilanishlarni oling.
  • Tizim bildirishnomalari: Muhim eʼlonlar va hisobga oid xabarlarni tekshiring.

Eslatma: PineDrama ilovasida toʻgʻridan-toʻgʻri xabar almashish funksiyasi mavjud emas. Chatlaringizga TikTok ilovasida kirishingiz mumkin.

Profil

Hisobingizni boshqaring va faoliyatingizni koʻring:

  • Statistikangizni koʻrish: Hisob maʼlumotlaringizni, jumladan, nikingiz, kuzatayotgan hisoblaringiz, kuzatuvchilaringiz va umumiy layklarni koʻring.
  • Kontentingizni boshqarish: Siz e’lon qilgan mini-seriallar va sevimlilar roʻyxatiga qoʻshgan kontentingiz koʻrsatilgan varaqlarga kiring. Bu kontent TikTok hisobingizning tegishli boʻlimlari bilan sinxronlangan.
  • Sozlamalar: Yuqori oʻng burchakdagi belgi orqali sozlamalarga kiring:
    • Hisobingizni boshqaring (Maʼlumotlarni koʻrish, hisobdan chiqish, hisobni oʻchirish).
    • PineDrama ilovasi uchun oʻzingiz afzal koʻrgan tilni oʻrnating.
    • Shartlar va qoidalarni koʻring.
    • Hisoblarnini almashtiring yoki chiqing.

PineDrama hisobingiz haqida bilishingiz kerak boʻlgan maʼlumot:

  • Hisobni sinxronlash: Asosiy hisob maʼlumotlaringizni (nikingiz kabi) oʻzgartirish uchun TikTok ilovasidagi profil sahifangizga oʻtishingiz kerak. TikTok ilovasida kiritilgan barcha oʻzgarishlar PineDrama bilan sinxronlanadi.
  • Hisob holati: PineDrama’dagi hisobingiz holatiga kiritilgan oʻzgarishlar (hisobingizni oʻchirish kabi) asosiy TikTok hisobingiz bilan ham sinxronlanadi.
  • Til sozlamalari: PineDramaʼda oʻrnatilgan til afzalliklari TikTok ilovasi sozlamalariga taʼsir qilmaydi.
  • Fikr-mulohaza va qoʻllab-quvvatlash: Agar PineDrama boʻyicha fikr-mulohaza yoki takliflaringiz boʻlsa, TikTok ilovasiga qaytib, biz bilan bogʻlaning:
    • 1. Pastdagi Profil tugmasiga tegining.
    • 2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasiga tegining, soʻngra Sozlamalar va maxfiylik bandini tanlang.
    • 3. Yordam xizmati bandiga tegining.



Hisobingizni va maxfiylik sozlamalarini boshqaring


Barcha hisob maʼlumotlaringiz va maxfiylik sozlamalari TikTok ilovasi va PineDrama oʻrtasida ulashiladi. Ularni TikTok ilovasida boshqarishingiz mumkin va kiritilgan har qanday oʻzgarish PineDrama’ga avtomatik tarzda sinxronlanadi:

  • Foydalanuvchi maʼlumotlari: Hisobingizdagi kontakt maʼlumotlarini yangilang.
  • Parol: Hisobingiz parolini yangilang.
  • Xavfsizlik va ruxsatlar: Xavfsizlik ogohlantirishlarini koʻrib chiqing va hisobingiz xavfsizlik sozlamalarini, jumladan, 2 bosqichli tekshiruv va ishonchli qurilmalarni boshqaring.
  • Maxfiylik sozlamalari: Shaxsiy hisobingiz maqomi va fikrlar kabi sozlamalarni boshqaring.
  • Bloklangan hisoblar: Siz TikTokda bloklagan hisoblaringizni boshqaring. Yodda tuting, TikTokda hisobni bloklash uni PineDrama’da ham bloklaydi.
  • Maʼlumotlaringizni yuklab olish: Maʼlumotlaringizni yuklab olishni soʻrang.
  • Hisobni faolsizlantirish yoki oʻchirish: TikTok hisobingizni vaqtincha faolsizlantiring yoki butunlay oʻchirib tashlang. Yodda tuting, bu bilan ham TikTok, ham PineDrama hisoblaringizga kirish imkoni yoʻqoladi.

Foydali boʻldimi?