Kontentni yuklab olish

Boʻlimga kirish


Video qanday yuklab olinadi  •  Surat(lar) qanday yuklab olinadi  •  Postlar qurilmangizga qanday saqlanadi   



Agar post ijodkori uning kontentini boshqalar yuklab olishiga ruxsat bersa, oflayn rejimda koʻrish uchun TikTok videolari va suratlarini qurilmangizga yuklab olishingiz mumkin. Siz, shuningdek, boshqalar postlaringizni yuklab olishini boshqarishingiz mumkin.






Video qanday yuklab olinadi


Videoni yuklab olish uchun:
1. TikTok ilovasida siz yuklab olmoqchi boʻlgan videoga kiring.
2. Videoning yon tomonidagi Ulashish tugmasiga tegining.
3. Videoni saqlash tugmasiga tegining. Agar sizda videoni saqlash imkoniyati boʻlmasa, bu ijodkor bunday qilishga ruxsat bermaganini anglatadi.






Surat(lar) qanday yuklab olinadi


Surat(lar)ni yuklab olish uchun:
1. TikTok ilovasida siz yuklab olmoqchi boʻlgan suratli postga kiring.
2. Ulashish tugmasiga tegining.
3. Suratni saqlash bandiga tegining. Agar bir nechta surat mavjud boʻlsa, barcha suratlarni yuklab olish uchun Barchasini tanlash tugmasiga tegining yoki qaysilarini yuklab olmoqchiligingizni tanlang. Agar sizda suratni saqlash imkoniyati boʻlmasa, bu ijodkor bunday qilishga ruxsat bermaganini anglatadi.
4. Saqlash tugmasiga tegining.






Postlar qurilmangizga qanday saqlanadi


Kontentingizning oflayn nusxalariga ega boʻlish uchun joylashdan oldin video yoki suratlaringizni yuklab olishingizni tavsiya qilamiz.

Joylashdan oldin video yoki surat(lar)ni saqlash uchun:
1. Joylash ekranida Boshqa parametrlar tugmasiga tegining.
2. Qurilmaga saqlash sozlamasini yoqing.

Alohida surat yoki video postlarni yuklab olish uchun tahrirlash vaqtida yon panelda Saqlash tugmasiga tegining.



Foydali boʻldimi?