TikTokda maqsadimiz – xavfsiz va samimiy hamjamiyat yaratishdir.Biz bolalar jinsiy ekspluatatsiya va zoʻravonligining hech qanday shakliga (CSEA), jumladan, bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik materialiga, turmushga berilish, pedofiliya, jinsiy tovlamachalik, jinsiy tegachoqlik va 18 yoshgacha boʻlgan yoshlarga nisbatan jinsiy zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaymiz.Bu AI tomonidan yaratilgan kontentni oʻz ichiga oladi.
Bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik materiallari (CSAM) deganda, yosh insonning biror kim tomonidan ulashilgan yoki yaratilgan hirsni uygʻotuvchi materiallari tushuniladi, jumladan:
• Shaxsning oʻzi yaratgan CSAM yoki huddi haqiqiydek koʻrinadigan raqamli yoki AI tomonidan yaratilgan kontent.
• Jinsiy faoliyat yoki jinsiy zoʻravonlik, yoshlar tanasining shahvoniylashtirilishi yoki yoshlar tana aʼzolarining fetishizatsiyalanishini nazarda tutadigan yoki koʻrsatadigan kontent.
Agar siz yoki farzandingiz TikTokda bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik yoki shahvoniy mazmundagi raqamli materiallarida tasvirlangan boʻlsa, bu haqida ushbu veb-shakl orqali xabar bering, shunda biz qoʻshimcha surishtiruv tafsilotlarini olishimiz va sizga SMS yoki e-pochta orqali xabarlarni belgilangan vaqt oraligʻida yuborishimiz mumkin.Bu yangilanishlar sizga Hamjamiyatimiz qoidalariga mos kelmaydigan kontentni olib tashlash uchun qanchalik harakat qilayotganimiz haqida xabar beradi.
Agar TikTokda siz Hamjamiyatimiz qoidalarini buzadigan deb his qiladigan har qanday boshqa kontentga duch kelsangiz, umumiy shikoyat qilish usullarimiz orqali bizga xabar bering.Xabar berishga qaror qilsangiz, xabar berilgan tomonga yoki hisob egasiga sizning shaxsingiz oshkor qilinmasligidan koʻnglingiz xotirjam boʻlsin.
Xavfsizlik markazimizda jinsiy zoʻravonlik yordami va xabar berish haqida maʼlumot oling.