TikTokda tanishingiz mumkin boʻlgan odamlarni topish va kuzatish uchun telefondagi kontaktlaringizni TikTokka sinxronlashingiz mumkin.
Kontaktingizdagi doʻstlarni topish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Doʻstlashish tugmasini bosing.
3. Kontaktlar bandi yonidagi Topish tugmasini bosing.
4. TikTokka kontaktlaringizga kirishga ruxsat bering. Qurilmangiz sozlamalariga yoʻnaltirilasiz. 5. Doʻstlarni toping va kuzating.
Kontaktlarni sinxronlashni faolasizlantirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil tugmasini bosing.
2. Yuqori qismdagi Menyu tugmasini bosing.
3. Sozlamalar va maxfiylik tugmasini bosing.
4. Avval Maxfiylik, keyin Kontaktlar va Facebookdagi doʻstlarni sinxronlash tugmasini bosing.
5. Kontaktlarni sinxronlash sozlamasini faolsizlantiring.
Yodda tuting, agar siz qurilmangiz sozlamalarida TikTokning telefoningizdagi kontaktlarga kirish huquqini olib tashlasangiz, biz kontaktlarni ortiq sinxronlamaymiz, lekin avval sinxronlangan kontaktlaringizdan hisoblarni tavsiya qilishda davom etamiz. Agar siz TikTokka sinxronlangan barcha telefon kontaktlaringizni olib tashlamoqchi va barcha qurilmalardagi kontaktlarni sinxronlashni toʻxtatmoqchi boʻlsangiz, Kontaktlar va Facebookdagi doʻstlarni sinxronlash sozlamasidan Avval sinxronlangan kontaktlarni olib tashlashingiz mumkin.