Foydalanuvchi nomingizni oʻzgartirish

TikTok hisobingizda nik va foydalanuvchi nomi mavjud. Foydalanuvchi nomingizda teg mavjud, masalan, u @foydalanuvchi_nomi boʻlishi mumkin. Bu teg profilingizda aks etadi va profilingiz havolasini tashkil qiladi. Nikingiz – bu TikTokda boshqalarga koʻrinadigan hisobingizdagi ismdir.

TikTokda foydalanuvchi nomingizni oʻzgartirish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi Profil bandini bosing.
2. Profilni tahrirlash tugmasini bosing.
3. Foydalanuvchi nomi bandini bosing va kerakli ismni kiriting.
4. Saqlash tugmasini bosing.

Nikingizni oʻzgartirish haqida batafsil.

Quyidagilarni bilish muhim:
•  Foydalanuvchi nomingizni har 30 kunda bir marta oʻzgartirish mumkin.
•  Agar foydalanuvchi nomingizdan voz kechsangiz, ushbu foydalanuvchi nomini qisqa muddatga hisobga qoʻsha olmaysiz.
•  Foydalanuvchi nomingizni oʻzgartirsangiz, profilingiz havolasi ham oʻzgaradi.
•  Foydalanuvchi nomlari faqat harflar, sonlar, tagchiziqlar va nuqtalardan iborat boʻlishi mumkin. Lekin nuqtalarni foydalanuvchi nomi oxiriga kiritish imkonsiz.

Agar tasdiqlangan hisobingizda foydalanuvchi nomingizni oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz, bizga qanday murojaat qilish haqida batafsil bilib oling.



Foydali boʻldimi?