Kontenga oid qoidabuzarliklar va bloklash

Boʻlimga kirish 


TikTokda vaqtincha bloklash  •  Hisob ogohlantirishlari va bloklashlar 






TikTokda kontent moderatsiyasi


Hamjamiyat qoidalari doʻstona, xavfsiz va koʻngilochar foydalanish muhitini taʼminlashga yordam berish maqsadida TikTokda nimalarga ruxsat berilgani va berilmagani haqida qoidalarni belgilab beradi. Hamjamiyat qoidalariga zid boʻlgan zararli kontent va harakatlarni aniqlash hamda olib tashlash uchun turli vositalar va texnologiyalarni ishlab chiqqanmiz. Bu vositalar hamjamiyatning xavfsizlik darajasini oshirish va platforma yaxlitligini taʼminlashimizga yordam beradi. 


TikTok qoidabuzarliklarni qanday aniqlaydi va Hamjamiyat qoidalarini qay tarzda qoʻllaydi?


Hamjamiyat qoidalarini buzish holatlarini aniqlash va ularga qarshi chora koʻrish uchun avtomatlashtirilgan va inson baholashidan foydalanmiz. Agar qoidabuzarliklarni aniqlasak, bu kontentni olib tashlaymiz va hisob egasi bundan xabardor qilinadi. Agar qoidabuzarliklarni aniqlasak va kontentni olib tashlasak, hisob egasi bundan xabardor qilinadi. 


TikTok kontentingiz tekshuvda boʻlsa, nima boʻladi?


Agar TikTok kontentingiz tekshiruvda boʻlsa, u ishonch va xavfsizlik jamoasi tomonidan tekshiriladi, keyin Hamjamiyat qoidalariga muvofiq, bu kontent olib tashlanishi yoki olib tashlanmasligi kerakligi yoki Siz uchun tasmasiga mos yoki mos emasligi haqida qaror chiqariladi. Bu yuklagan kontentingiz ommalashsa yoki u haqida shikoyat kelib tushda sodir boʻlishi mumkin.

Agar qoidabuzarlik aniqlansa:
•  Bu kontenntni olib tashlaymiz va buning sababi haqida sizga xabar beramiz.
•  Sizga qarorimiz ustidan shikoyat qilish imkoniyati beriladi. 


Agar postingiz Siz uchun tasmasiga mos kelmasa, nima yuz beradi?

Ayrim hollarda Hamjamiyatimiz qoidalarida belgilanganidek, biz kontentingizni Siz uchun tasmasida tavsiya qilish uchun mos ekanligini aniqlashimiz mumkin. Bu yuz berganda, postingiz Siz uchun tasmasida boshqa koʻrsatilmaydi. Siz sababini tekshirishingiz, qarorimiz yuzasidan fikr-mulohaza yuborishingiz va biz xato qilganimizga ishonchingiz komil boʻlsa, shikoyat yuborishingiz mumkin. Agar shikoyatingiz qondirilsa, postingiz Siz uchun tasmasida tavsiya etish uchun mos boʻladi.

Qarorimizni koʻrish uchun TikTok sozlamalaridan statistikani yoqishingiz kerakligini unutmang.

Postlaringizga oid statistikani yoqish uchun:
1. TikTok ilovasida quyi qismdagi
Profil tugmasini bosing.
2. Yuqoridagi Menyu ☰ tugmasini, keyin TikTok Studio tugmasini tanlang.
3. Statistika ichida Boshlash tugmasini bosing.
4. Yoqish tugmasini bosing.

Qarorimiz haqida batafsil axborot uchun:
1. TikTok ilovasida batafsil maʼlumot olmoqchi boʻlgan postga kiring.
2. Pastdagi Boshqa xulosalar tugmasiga tegining yoki post yonidagi Boshqa parametrlar … tugmasiga tegining, soʻngra Statistika tugmasiga tegining.
3. Mos kelmaydigan post bildirishnomasiga tegining.
4. Fikr-mulohazani tekshiring. Nima sababdan postingiz Siz uchun tasmasiga mos kelmasligini tushungan yoki tushunmaganingizni bildirish uchun Ha yoki Yoʻq tugmasini tanlang. Agar Yoʻq javobini tanlasangiz, fikr-mulohazangiz bilan ulashish va moderatsiya oʻlchovlarimizni yaxshilashda bizga yordam berish uchun keyingi ekrandagi koʻrsatmalarni bajarishingiz mumkin.

Agar postingiz Siz uchun tasmasiga mos kelmasligi haqidagi qarorimizga qoʻshilmasangiz, shikoyat yuborishingiz mumkin.

Shikoyat yuborish uchun:
1. TikTok ilovasida Siz uchun tasmasiga mos boʻlmagan postingizni oching.
2. Pastdagi Boshqa xulosalar tugmasiga tegining yoki post yonidagi Boshqa parametrlar … tugmasiga tegining, soʻngra Statistika tugmasiga tegining.
3. Mos kelmaydigan post bildirishnomasiga tegining.
4. Yuqoridagi
Shikoyat tugmasini bosing.  


TikTok hukumat, siyosiy va yangiliklar hisoblari uchun Hamjamiyat qoidalarini qay tarzda tatbiq etadi?

Hukumat, siyosatchi va siyosiy partiyalar hisoblari hamda yangiliklar tashkilotlari uchun ishlatiladigan kontent moderatsiyasi amaliyotlari boshqa TikTok hisoblari uchun ishlatiladigan kontent moderatsiyasi amaliyotlari bilan bir xildir. Qoidalarga zid har qanday kontentni olib tashlaymiz va kotentga oid bitta jiddiy qoidabuzarlik, masalan, real hayotdagi zoʻravonlik yoki qiynoqni namoyish qilganlik uchun hisobni butunlay oʻchirishimizni anglatadi. Biroq, bu jamoatchilik manfaatlari hisoblari fuqarolik jarayonlari va fuqarolik jamiyatida oʻynagan roli tufayli, inson huquqlari va soʻz erkinligi boʻyicha majburiyatimizga muvofiq, ularga nisbatan boshqacha hisob cheklovlarini qoʻllaymiz. Agar ular barcha hisoblar uchun belgilangan ogohlantirish limitiga yetsa, Siz uchun va Kuzatilmoqda tasmalarida koʻrinish imkoniyatidan 90 kunga mahrum qilinadi.

Jamoatchilik manfaatlari hisoblari jamoat xavfsizligi uchun alohida yuqori xavf tugʻdirsa, masalan, fuqaroviy tartibsizliklar, saylovlar yoki boshqa yuqori xavfli ijtimoiy yoki siyosiy sharoitlar vaqtida boshqa cheklovlarni belgilashimiz mumkin. Agar yuqori xavf mavjud vaqtlarda jamoatchilik manfaatlari hisobi zoʻravonlik, nafrat yoki fuqarolik jarayoniga putur yetkazishi yoki real xavf yetkazishi mumkin boʻlgan yolgʻon axborotni targʻib qiluvchi kontentni joylasa, qoidabuzarlikning jiddiylik darajasi va unga aloqador xavfga qarab, bu hisobning kontent joylash imkoniyatini 7 kundan 30 kungacha cheklashimiz mumkin. Agar bu hisob egasining harakatlari qoidabuzarliklarni davom ettirishi mumkinligini koʻrsatadi va jamoat xavfsizligi hali ham yuqori xavf ostida degan qarorga kelsa, cheklov muddatini uzaytirishimiz mumkin. Qaror chiqarishda TikTokdan tashqaridagi harakatlarni ham hisobga olishimiz mumkin.






Hisob ogohlantirishlari va bloklashlar 



Kontentingiz olib tashlansa, TikTok hisobingizga nima boʻladi?

Birinchi marta Hamjamiyat qoidalari buzilgani sababli kontentingiz olib tashlanganida hisobingizda ogohlantiriish olasiz. Siz kontentingiz nega olib tashlangani, qanday qoida buzilgani va agar bizni xato qilgan deb hisoblasangiz qanday shikoyat yuborish mumkinligini tushuntiruvchi bildirishnoma olasiz. Unutmang, agar birinchi qoidabuzarligingiz jiddiy boʻlsa, buz sizga tatbiq etilmaydi va xabar berish oʻrniga ogohlantirish olasiz. Biz hisobingizni bloklashimiz ham mumkin.

Opomene brojimo prema segmentima pravila navedenima u našim Smjernicama zajednice (na primjer, sigurnost i pristojnost) ili prema značajkama (na primjer, komentari ili izravne poruke). Tvoj račun dobit će opomenu ovisno o ozbiljnosti kršenja pravila. Brojit ćemo opomene sve dok tvoj račun ne dosegne prag za trajnu zabranu računa. Obavijestit ćemo te o svim posljedicama kršenja, uključujući ako si na rubu zabrane računa. Možeš također pristupiti evidenciji svojih kršenja u svojoj provjeri računa.


Za pregled obavijesti o kršenjima:

1. U aplikaciji TikTok dodirni Ulazni sandučić.

2. Dodirni Obavijesti sustava.

3. Dodirni Ažuriranja računa. Možda ćeš morati pomicati izbornik.

Unutmang, takroriy qoidabuzarliklar uchun yoki bitta qoidabuzarlikning jiddiylik darajasiga qarab, hisobingizni butunlay bloklashimiz mumkin. Ayrim hollarda JONLI efir yoki shaxsiy xabarlar kabi muayyan funksiyalardan foydalanishdagi qoidabuzarliklar uchun, qoidalarga zid faoliyat bilan yana darhol qoʻllanmasligingizni taʼminlash maqsadida, bunday funksiyadan foydalanish imkoniyatingizni cheklashimiz mumkin. 


TikTok hisobidagi ogohlantirishlarning amal qilish muddati tugaydimi? 


TikTok hisobingizdagi ogohlantirishlarning amal qilish muddati 90 kundan keyin tugaydi, keyin ular hisobni butunlay bloklash uchun hisobga olinmaydi.  

TikTok qachon hisoblarni butunlay bloklaydi? 


Agar Hamjamiyat qoidalari va Xizmat shartlariga oid quyidagi qoidabuzarliklarni aniqlasak, hisoblarni butunlay bloklashimiz mumkin:
Bularga quyidagilar kiradi:
•  Siz Xizmat shartlarida koʻrsatilgan minimal yosh talabi yoki boshqa talablarga mos kelmaysiz.
•  Hisob aldov yoʻli bilan oʻzini boshqa shaxs yoki tashkilot sifatida koʻrsatadi.
•  Hisobingizda jiddiy qoidabuzarlik mavjud:
   ༚  Yoshlar ekspluatatsiyasi yoki bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik kontentlarini (CSAM) joylash, targʻib qilish yoki ularning tarqalishiga yordam berish.
   ༚  Zoʻravonlikni targʻib qilish yoki zoʻravonlik bilan tahdid qilish.
   ༚  Nomusga tegish yoki jinsiy zoʻravonlik kabi rozilikka asoslanmagan jinsiy aloqalar aks etgan kontentni joylash yoki targʻib qilish.
   ༚  Odam savdosini osonlashtiradigan kontentni joylash.
   ༚  Real hayotdagi qiynoq holatlari aks etgan kontentni joylash.
•  Boshqa bir hisobga qoʻyilgan cheklovlar yoki butunlay bloklashdan qochish maqsadida boshqa TikTok hisobini yaratish yoki ishlatish.
•  Hisobingiz biror siyosat yoki funksiya doirasida koʻp marta qoida buzganlik uchun ogohlantirishlar chegarasiga yetgan.
•  Intellektual mulk siyosatini koʻp marta buzish.

•  Tvoj račun postoji isključivo da bi kršio naša pravila.


TikTok hisobingiz butunlay bloklanganini qanday bilasiz? 


Agar hisobingiz bloklansa, hisobingizga kirishga uringaningizda bloklash bildirishnomasini olasiz, u sizga bloklash haqida xabar beradi. Bloklash bildirishnomasi orqali kiruvchi jildining
Hisob holati ruknida qoidabuzarliklaringizni tekshirishingiz ham mumkin. 

Hisob bloklangandan keyin unga kirish 


Hisobingiz bloklansa, shikoyat yuborish va shaxsiy maʼlumotlaringizni yuklab olish uchun unga kirishingiz mumkin. Amaldagi qonunlar va maʼlumotlarni saqlash siyosatimizga muvofiq, shaxsiy maʼlumotlarni muayyan vaqtdan keyin oʻchirishimizni unutmang. Oʻchirilganidan keyin hisobingiz ortiq mavjud boʻlmaydi. 

Kontentingiz olib tashlansa yoki TikTok hisobingiz bloklansa, qanday shikoyat qilish mumkin 


Agar kontent yoki hisobingiz xatolik tufayli olib tashlangan, deb hisoblasangiz, bu qarordan shikoyat qilishingiz mumkin.

Shikoyatingiz tasdiqlansa:
•  Kontent yoki hisobingiz qayta tiklanadi (agar bu hisob yoki kontent allaqachon oʻchirmagan boʻlsangiz).
•  Hisobingizdan ogohlantirish olib tashlanadi.

Eslatma: Kontentingizni oʻchirish ogohlantirishlarning olib tashlanishiga sabab boʻlmaydi va qoidalarga zid kontentingizni oʻchirganingizdan keyin ham ogohlantirish berishimiz mumkin. 

Bloklashdan keyin yangi TikTok hisobini yaratish mumkinmi? 


TikTokda bir qancha hisob yaratishingiz mumkin. Biroq agar sizga tegishli boshqa bir hisobga oʻrnatilgan cheklovlar va bloklashdan qochishga urinsangiz, jumladan, quyidagi harakatlarni bajarsangiz, hisobingizni cheklashimiz yoki butunlay bloklashimiz mumkin:
•  Jiddiy qoidabuzarlik uchun hisobingiz bloklanganidan keyin yangi hisob yaratish.
•  Biror yangi yoki mavjud hisobda qoidalarga zid kontent joylash.
•  Kontentga oid qoidabuzarliklarni bir qancha hisob boʻylab tarqatish.

Bu boshqa hisobingizdagi cheklov olib tashlanmaguncha amal qiladi.





Foydali boʻldimi?